Neft zavodiga hujumdan so‘ng qora oltin narxi oshdi

 Neft zavodiga hujumdan so‘ng qora oltin  narxi  oshdi

Avvalroq Saudiya Arabistoni Fors ko‘rfazidagi Ras-Tanura eksport terminaliga raketa va dronlar orqali hujum uyushtirilgani haqida xabar qilgandi.

8 mart kungi savdolarda Brent neftining bir barreli narxi 71 dollardan oshdi. Brent bir yildan buyon – o‘tgan yilning 8 yanvaridan beri bunchalik qimmatlashmagandi, deb yozadi Reuters.

 WTI neftining bir barreli narxi 2,4 foizga oshib, 67,69 dollarga yetdi.  

 Avvalroq Saudiya Arabistoni Fors ko‘rfazidagi Ras-Tanura eksport terminaliga raketa va dronlar orqali hujum uyushtirilgani haqida xabar qilgandi. Mamlakat energetika vazirligining bildirishicha, hujum qaytarilgan va neft ishlab chiqarishga zarar yetmagan.

 Ras-Tanura — dunyodagi eng yirik neft eksporti terminali hisoblanadi, deb yozadi Bloomberg. Uning o‘tkazish quvvati sutkasiga 6,5 mln barrel atrofida bo‘lib, hudud qattiq qo‘riqlanadi. Portda neft ombori va Saudi Aramco davlat kompaniyasining neftni qayta ishlash zavodi joylashgan.

Ar-Riyodning ma’lum qilishicha, hujum Yamandagi husiylar tomonidan amalga oshirilgan. Qirollik hududi tomon sakkizta ballistik raketa va bomba o‘rnatilgan 14ta dron uchirilgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!