Neft narxi 2022 yilning oxiriga kelib 65 dollarga tushishi mumkin

Neft narxi 2022 yilning oxiriga kelib 65 dollarga tushishi mumkin

Amerikaning Citigroup banki tahlilchilarining fikricha, Brent markali neftning bir berreli 2022 yilning oxirida 65 dollarga tushadi.

Ehtimoliy resessiya tufayli talab pasaya boshlasa, 2023 yilning yakunida narx yanada tushib, bir barrel qora oltin 45 dollarga sotilishi mumkin.

Bloomberg agentligi bank ma’lumotlariga tayanib shu haqda yozmoqda.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, agar OPEK+ mamlakatlari neft bozoriga aralashmasa va neft zaxiralariga jalb qilinayotgan investisiyalar pasaysa, voqealar rivojining ushbu prognozlashtirilayotgan varianti sodir bo‘lishi mumkin.

Londonda faoliyat ko‘rsatayotgan ICE birjasining bugungi holat bo‘yicha tarqatgan ma’lumotida keltirilishicha, Brent markasining bir barreliga sentyabrda yetkazib berish sharti bilan 113 dollar beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!