Nazoratchining tartib buzishga haqi yo‘q...

Nazoratchining tartib buzishga haqi yo‘q...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan “Umid farm” MCHJ (nomlari o‘zgartirilgan) vakili murojaat qilib, jamiyat faoliyatida soliq organi tomonidan o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvidan norozi ekanligini bayon qilgan.

Murojaatni o‘rganish davomida xaqiqatdan ham soliq organi xodimlari tomonidan tekshirish o‘tkazish tartibi qo‘pol ravishda buzilish holatlari aniqlanib tekshiruvni o‘tkazgan mansabdor shaxsga nisbatan nisbatan ma’muriy xuquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, eng kam oylik ish haqining 40 barobari miqdorida (bugungi kunda o‘n ikki million so‘m) ma’muriy jarima qo‘llanilishi ta’minlandi.

Biznes Vakil devoni matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!