Nazarboyev Erdog‘an bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi

Nazarboyev Erdog‘an bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Antaliyada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an bilan uchrashdi. Bu haqda birinchi prezident saytida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, Nursulton Nazarboyev Antaliyada bo‘lib o‘tgan Diplomatik forumda ishtirok etgan. Forum ishtirokchilari – davlat va hukumat rahbarlari, siyosat arboblari, diplomatlar, biznes rahbarlari, olimlar va ekspertlar “Diplomatiyani qayta ko‘rib chiqish” asosiy mavzusi ostida xalqaro munosabatlar sohasidagi keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar.

Diplomatik forum doirasida Nazarboyev Erdog‘an bilan muzokaralar o‘tkazdi. U Turkiya prezidentiga taklif uchun minnatdorlik bildirib, davom etayotgan global geosiyosiy o‘zgarishlar sharoitida tadbir muhimligini ta’kidladi.

Erdog‘an Nazarboyevning Qozog‘iston-Turkiya munosabatlarini o‘rnatish va rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasini qayd etdi. Turkiya Prezidenti Qozog‘iston birinchi prezidentining turkiy dunyo davlatlarining integrasiya jarayonlarini kengaytirish va chuqurlashtirish borasidagi faoliyatini yuqori baholadi.

Uchrashuvda tomonlar xalqaro kun tartibidagi eng dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashib, Ukrainadagi harbiy mojaroni diplomatiya yo‘li bilan hal qilish va davlatlararo muloqotni tiklash bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar muhimligini ta’kidladilar.

Nizomjon Islomov tayyorladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!