Nazarbayevga qarashli 300 ming gektar yer Qozog‘iston mulkiga qaytarildi

Nazarbayevga qarashli 300 ming gektar yer Qozog‘iston mulkiga qaytarildi

Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Nazarboyevning sho‘ba korxonalariga qarashli deyarli 300 ming gektar yer Qozog‘iston mulkiga qaytarildi. Bu haqda Amanat hukmron partiyasi huzuridagi Davlat boshqaruvini rivojlantirish va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika jamoat kengashi raisi Yerlan Sairov ma’lum qildi, deb yozadi Tengrinews.kz.

Uning aniqlik kiritishicha, olib qo‘yilgan 239 ming gektar yer Mang‘istau viloyatida, yana 60 ming gektar esa Jambil viloyatida joylashgan.

“Partiyamizning asosiy vazifasi xususiy qo‘llarga noqonuniy o‘tgan milliy boyliklarni o‘z holiga qaytarishdir. Bu ishlarni tizimli ravishda olib boramiz. Familiyaning «zodagonligi», o‘tmishdagi xizmatlari va hamyonning "qalin"ligi adolatni tiklashga to‘sqinlik qilmaydi. Odamlardan tortib oldingizmi? Qaytarib berasiz", — dedi Sairov.

"Avvalroq Bosh prokuratura bilan hamkorlikda 244 gektardan iborat 59 ta yer uchastkasi aniqlangan bo‘lib, ularning egasi «shubhali sharoitda Bolat Nazarboyevga aylangan", — deyiladi «Amanat» partiyasi matbuot xizmati xabarida. Gap Kaskelen va Talgar shaharlari, Turkiston viloyati va Ostonadagi yerlar haqida bormoqda. Hujjatlarga ko‘ra, bu yer kottej, ma’muriy bino va bozor qurish uchun sotib olingan. Uning narxi, avvalroq qozoq matbuoti xabar qilganidek, yuzlab million dollarga baholanmoqda.

Bolat Nazarboyev Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasi, 1953 yil 23 martda tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1988 yilda «Shamlgan» sovxozida mexanizator, direktor o‘rinbosari sifatida boshlagan. O‘tgan yillar davomida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan, «Inkar Agro» MCHJ vise-prezidenti bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!