Navoiylik fuqaro qo‘yxonada o‘zini osdi

Navoiylik fuqaro qo‘yxonada o‘zini osdi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro Norqulov Botir tomonidan tog‘asi F.O‘ralov o‘z joniga qasd qilib vafot etganligi va marhumning osilgan holatda topganligini, haqiqatni ochishda yordam so‘raymiz” nomli xabar tarqatildi.

Aniqlanishicha, Xatirchi tumani, “Oqtepa”mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi F.O‘ralov 2019 yil 10 mart kuni soat 15:00 larda o‘zining qishloqdoshi X.Jga tegishli bo‘lgan qo‘y qo‘rasida o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

Xatirchi tuman sud tibbiy ekspertizasining 19.03.2019 yildagi xulosasiga ko‘ra, fuqaro F.O‘ralovning badanida biron-bir tan-jarohati mavjud emasligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli, 28.03.2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat prosessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Bundan tashqari, F.O‘ralovning jiyani B.Norqulov bir necha bor murojaat qilib, tog‘asiga nisbatan tazyiq o‘tkazilganligi va uni o‘limida sababchi bo‘lgan fuqaro O.Hakimovga nisbatan chora ko‘rilmayotganligini qayd etganligi holati tuman prokuraturasi tomonidan o‘rganilib, murojaatda ko‘rsatilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!