Navoiydagi ohak sexida gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Navoiydagi ohak sexida gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.S.” MCHJning gaz ta’minotidan qarzdorligi mavjudligi sababli tarmoqdan uzib quyilgan bo‘lsada, MCHJ mas’ul shaxslari maxsus tamg‘aga shikast yetkazish orqali gaz hisoblagich uskunasiga qasddan tashqi ta’sir ko‘rsatib tabiiy gazdan foydalanishib, davlat va jamiyat manfaatlariga 295 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!