Navoiyda yuk avtomobili velosipedchi bilan to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi

Navoiyda yuk avtomobili velosipedchi bilan to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi

15 iyun kuni 19:10 larda Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Dabashyon qishlog‘i hududidan o‘tgan ichki yo‘lda sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YXHBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘lning o‘ng chetki qismidan velosipedda harakatlanib ketayotgan uy bekasi o‘zi bilan bir yo‘nalishda borayotgan «KamAZ» yuk mashinasi tirkamasining old o‘ng g‘ildiragiga urilib, yiqilgan.

«Haydovchi avtomashinani harakatlantirmasdan, joyida to‘xtatib YTH sodir etadi», — deyiladi xabarda.

Ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay, jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan Qiziltepa tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!