Navoiyda vaqtincha foydalanish uchun olingan yer-joyni sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Navoiyda vaqtincha foydalanish uchun olingan yer-joyni sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Ayni paytda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani hech kimga sir emas. Tadbirkorlar haq-huquqlari qonunchilikda ham o‘zi aksini topgan. Shunday bo‘lishiga qaramay, imtiyozlarni qo‘lga kiritgunga qadar, o‘zini ishbilarmonlardek tutib, so‘ng ishonchni suiiste’mol qilayotganlar ham uchrab turgani dilni xira qiladi.

Navbahor tumanida istiqomat qiluvchi A.X. ham tumani hokimligining qarori bilan 204.9 gektar yerni uzum bog‘larini barpo etish maqsadida 10 yil muddatga olgan edi. 2 yil o‘tsa hamki, mazkur yerlarda uzum toklari ko‘rinavermadi.

Tumanda ishlab chiqarish korxonasi qurish uchun yer izlab yurgan M.K. A.X.ning xayolini buzdi. Birdaniga muddatli foydalanish uchun olingan 204.9 gektar yerlarni sotib daromad qilish istagi tug‘ildi. Bu jinoyatda Navbahor tumani kadastr agentligining yetakchi mutaxassisi A.L. ham unga sherik bo‘ldi. A.L. xaridorga yerning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib, qurilish ishlari uchun ruxsatnoma olib berishni zimmasiga oldi.

Savdo pishib, ikki uddaburon yer uchun 180 mln, kadastr hujjati va ruxsatnoma uchun 10 mln so‘m pullarni olayotganlarida Navoiy viloyati IIB JQB iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan qo‘lga olindi. Holat bo‘yicha surishtiruv-tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!