Navoiyda tovlamachilik yo‘li bilan fuqarodan pul talab qilgan avtoshohbekat «etakchisi» qo‘lga olindi

Navoiyda tovlamachilik yo‘li bilan fuqarodan pul talab qilgan avtoshohbekat «etakchisi» qo‘lga olindi

Asli konimexlik Odilboy ro‘zg‘origa yordam bo‘lsin deb sotib olgan mashinasi bilan «kirakashlik» qilishga qaror qildi. Qonuniy tartibda hujjatlarini rasmiylashtirib «Navoiy-Zarafshon» yo‘nalishida harakatlanayotgan mashinalar avtoshohbekatidan joy oldi.

Ancha yillardan buyon shu yo‘nalishda yo‘lovchi tashiydigan va o‘zini «shohbekat egasi» deb bilgan karmanalik Botir esa holatga xayrixohlik ko‘rsatolmadi. Agar shu bekat orqali yo‘lovchi to‘plasa, har oyida 500 ming so‘m soliq to‘lashi shartligini aytadi. Odilboy shunchaki hazil deb qabul qilgani-yuklamalar chinga aylandi.

Vaqt o‘tib zo‘rlik bilan pullarni oladigan Botir to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berdi.

Avtoshohbekat zo‘ravoni navbatdagi oylik soliqni olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!