Navoiyda tilla qumi qazimoqchi bo‘lgan 4 kishi voqea joyida o‘ldi, 3 nafari kasalxonada

Navoiyda tilla qumi qazimoqchi bo‘lgan 4 kishi voqea joyida o‘ldi, 3 nafari kasalxonada

Ijtimoiy tarmoqlarda "2021 yil 12 iyun kuni Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Oltinsoy tog‘ tizimlarida joylashgan ruda qazib olinib og‘zi ochiq holatda tashlab ketilgan tashlandiq karyerda noqonuniy tarzda oltin qazish bilan shug‘ullangan bir necha fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etdi, tashlandiq karyerlar ayrim IIB va prokuratura xodimlarining daromad manbai degan ovozalar qanchalik to‘g‘ri” nomli maqola e’lon qilindi.

Aniqlanishicha, 2021 yil 12 iyun kuni Xatirchi tumanida yashovchi 7 nafar fuqarolar “Oltinsoy” tog‘ tizmasidan tilla qumi qazib olish maqsadida borishgan va chuqurlikka tushib, “elektrodvijok”dan chiqqan yoqilg‘i tutunidan zaharlanishlari natijasida 4 nafar fuqarolar voqea joyida vafot etishgan hamda 3 nafar fuqarolar tuman tibbiyot birlashmasining “jonlantirish” bo‘limiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, noqonuniy ravishda tilla qumlarini qazib oluvchilarni aniqlash va bu kabi noqonuniy harakatlarni oldini olish yuzasidan muntazam ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tadbirlar o‘tkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!