Navoiyda poyezd uchta tuyani urib yubordi

Navoiyda poyezd uchta tuyani urib yubordi

Navoiy viloyati «Tinchlik» lokomotiv deposiga qarashli teplovoz o‘ziga biriktirilgan yuk poyezdini Mustaqillik–Uchquduq yo‘nalishida tortib kelayotgan vaqtda temir yo‘llarda qarovsiz yurgan 3 bosh tuyani urib yubordi, deb xabar beradi «Xalq so‘zi Onlayn».

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat 23 oktyabr kuni soat 07:50 larda sodir bo‘lgan. Yo‘ldagi tuyalarni ko‘rgan mashinist va uning yordamchisi tezlikni pasaytirib, ogohlantiruvchi signalni va tezkor tormozni bosgan. Shunga qaramasdan tuyalar yo‘ldan qochmagan va poyezd urib yuborishi oqibatida nobud bo‘lgan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda tuyalar Uchquduq tumani «Shanhar» ovuliga tegishli ekani aniqlangan. Chorva egalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 113-modda (temir yo‘l transportida harakat xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jarimaga tortilgan.

Voqeadan so‘ng mas’ullar teplovozni ko‘zdan kechirgan. Markaziy dispetcher ruxsati bilan 08:10 da poyezd o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatni davom ettirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!