Navoiyda ham bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi

Navoiyda ham bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi

Navoiy viloyatida ham ayrim davlat bog‘chalari anomal issiq sabab 4 kunga yopildi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Hafta davomida Navoiy viloyatida havo haroratining 44–45 darajagacha ko‘tarilishi kutilayotgani sababli tuman (shahar) hokimlarining farmoyishiga asosan quyidagi hududlardagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Uchquduq tumani — 14 iyuldan 17 iyulgacha;
  • Nurota tumani — 14 iyuldan 17 iyulgacha;
  • Tomdi tumani (2-, 4-, 5-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari) — 14 iyuldan 17 iyulgacha;
  • Konimex tumani (1-,2-,3-,4-,5-,6-,7-,8-,9-,10-,11-,13-,14-,15-,16-,17-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari) — 14 iyuldan 17 iyulgacha.

Qayd etilishicha, viloyatning boshqa hududlaridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sanitariya-gigiyena talablari hamda zarur shart-sharoitlar yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda. O‘rganish natijalariga ko‘ra qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Mazkur qaror maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va salomatligini anomal issiqning salbiy ta’siridan himoya qilish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilindi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 20 iyuldan boshlab odatiy tartibda o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, anomal issiq tufayli avvalroq Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ham bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.