Navoiyda fuqaro uyida noqonuniy tarzda qurol saqlab kelayotgani ma’lum bo‘ldi

Navoiyda fuqaro uyida noqonuniy tarzda qurol saqlab kelayotgani ma’lum bo‘ldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Xatirchi tuman sudi binosida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida noqonuniy qurol saqlab kelgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

1994 yilda tug‘ilgan M.Xasanov (shaxsi o‘zgartirilgan) 2022 yil 13 mart kuni Xatirchi tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida yashash xonadonidagi mol saqlash uchun mo‘ljallangan og‘ilxonada sudga oid ballistik ekspertizaning 15.03.2022 yildagi 4-sonli xulosasiga ko‘ra bir dona, yaroqli bo‘lgan, 16 kalibrli, “67751” raqamli bir stvolli, 1963 yilda ishlab chiqarilgan, “B” rusumli o‘qotar ov qurolini va silliq stvolli, 16 kalibrli ov quroli uchun shtatli bo‘lgan ikki dona partonni tegishli ruxsatnomasiz qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Sud, M.Xasanovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, aybiga iqrorligi, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, oilaviy sharoiti inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 248-moddasi 1-qismi bilan 3 (uch) yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Habibulla Tuxtayev,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xatirchi tuman sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!