Navoiyda cho‘ponlardan bo‘rilar sabab chorva mollarini vaqtincha tog‘ hududlarga olib chiqmaslik so‘raldi

Navoiyda cho‘ponlardan bo‘rilar sabab chorva mollarini vaqtincha tog‘ hududlarga olib chiqmaslik so‘raldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Nurota tumani Bo‘ston qishlog‘ida kuppa-kunduz kuni bo‘rilar yurgani, ular aholi yashash joylariga ham kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Holat Navoiy viloyati Nurota tumani Ekologiya bo‘limi, O‘zbekiston Ovchi va baliqchilar sport birlashmasi Navoiy viloyat bo‘limi xodimlari hamda tuman IIB bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, tumandagi “Bo‘ston” MFYning tog‘ hududlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla oqsoqollari bilan suhbat o‘tkazilganda videodagi bo‘rilar Nurota tumanining qo‘shni qishloqlari, ya’ni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi Qo‘shtomg‘oli, Chinoq va Tepalik qishloqlarida sodir bo‘lgani aniqlandi.

Ishchi guruh tomonidan ushbu holat bo‘yicha Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani ekologiya bo‘limiga xabar berildi.

Shuningdek Nurota tumanidagi “Bo‘ston” MFYning tog‘ hududlari atrofida istiqomat qiladigan aholiga chorva mollarini vaqtinchalik tog‘ hududlarga olib chiqmaslik to‘g‘risida targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!