Navoiyda boshpanasiz qizga o‘z uyidan joy berib, uni fohishalikka majburlagan ayol ushlandi

Navoiyda boshpanasiz qizga o‘z uyidan joy berib, uni fohishalikka majburlagan ayol ushlandi

Navoiyda tanish qizni fohishalikka majburlagan ayol qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, Navoiy viloyatida yashovchi 29 yoshli Z.Z. tanishi 19 yoshli R.O‘.ning boshpanasiz va moddiy jihatdan qiynalib qolganligidan foydalanib, unga o‘zi bilan birga yashashi haqida aytadi.

Z.Z. 19 yoshli qizni o‘zi vaqtincha istiqomat qilib keladigan uyga olib kelib, u bilan yashashini taklif qilib, shu yo‘l orqali fuqarolik pasportini qo‘lga kiritadi.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 10 fevral kuni viloyat IIB xodimlari tomonidan Z.Z. R.O‘.ni o‘ziga moddiy jihatdan qaram bo‘ladigan vaziyatni yuzaga keltirib, moddiy manfaat ko‘rish maqsadida uni erkaklar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelayotganligi yuzasidan tezkor-tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Navoiy shahrida joylashgan «Gumbaz» nomli kafeda tadbirga shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan shaxsga R.O‘.ni 400 000 so‘m evaziga 3 kun muddatga jinsiy aloqa qilishi uchun sotgan vaqtida Z.Z. tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, 400 000 so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Z.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi «g» bandi (aybdorga moddiy jihatdan yoki boshqa jihatdan qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida Z.Z. ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Bundan avval Toshkentda liftda voyaga yetmagan qizlarga tegajog‘lik qilgan erkak 1,5 yilga qamalgani, Xorazmda voyaga yetmagan qizlarni fohishalikka majburlab, sotib kelgan ayol ushlangani hamda Toshkent xalqaro aeroportida qizlarni Turkiyaga fohishalikka yuborgani uchun 8 yilga qamalib, afv etilgan ayol yana shu jinoyati uchun ushlangani haqida xabar berilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!