Navoiyda 31 yoshli ayol o‘zi va uch nafar qizini poyezd ostiga tashladi

Navoiyda 31 yoshli ayol o‘zi va uch nafar qizini poyezd ostiga tashladi

Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi «Sovungar» mahallasida yashovchi ayol o‘zi va uch nafar qizining joniga suiqasd qildi. Ayni paytda suiqasd sabablari aniqlanmoqda. 

2021 yilning 21 mart kuni Navro‘z bayrami munosabati bilan viloyatning Navbahor tumanidagi «Sovungar» MFYda yashovchi 31 yoshli ayol 2013, 2016 hamda 2018 yilda tug‘ilgan qiz farzandlarini Navoiy shahridagi dam olish maskaniga olib borgan va ular bilan sayr qilgan. Biroq dam olishdan qaytayotgan ayol kutilmagan qarorga kelgan. Va o‘zi va uch nafar farzandini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qilgan. Qizlar omon qolgan, ona esa vafot etgan.

Voqea sodir bo‘lishidan oldin onasining kutilmagan xatti-harakatidan bezovtalangan 2013 yilda tug‘ilgan katta farzandi uning qo‘lidan chiqib ketgan.

Ayolning ikki nafar qizi esa o‘zining qo‘lida qolgan. Sodir bo‘lgan mudhish holat tufayli 2016 yilda tug‘ilgan qiz boshidan tan jarohati olgan va ayni paytda shifoxonada. 2018 yilda tug‘ilgan qiz ham baxtli tasodif tufayli omon qolgan. Ona esa shifoxonaga olib ketilgan va olgan og‘ir tan jarohati tufayli o‘sha yerda vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!