Navoiyda 10 yoshli bola avtomobil boshqargani aniqlandi. Sababi ma’lum

Navoiyda 10 yoshli bola avtomobil boshqargani aniqlandi. Sababi ma’lum

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida o‘tkazilgan reyd tadbirlarida Matiz’ni haydab kelayotgan 10 yoshli bola aniqlangan, deya xabar bermoqda YHXBB.

Qayd etilishicha, YPX xodimlari Matiz avtomobilini to‘xtatganda haydovchi o‘rindig‘ida 10 yoshli bola o‘tirgani ma’lum bo‘lgan.

Aniqlanishicha bolaning otasi spirtli ichimlik ichgani bois mashina boshqaruvini o‘zining 4-sinfda o‘qiydigan o‘g‘liga topshirgan.

Shu bilan birga, reydlar davomida Xatirchi tumanida asli kasbi shifokor bo‘lgan haydovchi spirtli ichimlik ichib avtomobil boshqargani aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan qoidabuzarlarga tegishli tartibda chora ko‘rilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!