"Navoiy aeroporti" chegara bojxona posti xodimlari DRONning noqonuniy kirib kelishining oldini olishdi

"Navoiy aeroporti" chegara bojxona posti xodimlari DRONning noqonuniy kirib kelishining oldini olishdi

2022 yil 17 noyabr kuni Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Turkiya-Navoiy” yo‘nalishidagi TK6490-sonli aviareys bilan joriy yilning 9 noyabr kunidagi 235-60598646-raqamli avia yuk xati asosida Turkiya davlatining “Ideal Express Kargo” firmasidan Samarqand shahrida ro‘yxatdan o‘tgan “Express Ideal Lux” MCHJ nomiga yuborilgan halqaro kur’erlik jo‘natmalari MCHJ rahbari Raximov O‘lmas Xolmurodovich hamda xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, KK133-sonli invoysda O‘zbekiston fuqarosi Xojimuhamedova Sanobar Tolibovna nomiga kelgan halqaro kuryerlik jo‘natmalari orasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 noyabrdagi 658-sonli qaroriga asosan tegishli ruxsatnomalarsiz O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, sotish va ulardan foydalanish ta’qiqlangan 2 dona “Copter” nomli uchuvchisiz uchish qurilmasi (dron) borligi aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi huzuridagi fuqaro aviasiyasi agentligi “O‘zaviasiya” agentligining 2022 yil 24 noyabr kunidagi №01-39/9-1965-sonli xulosasida ushbu bir dona “Copter” nomli uchuvchisiz uchish qurilmasi texnik jihatdan yaroqli ekanligi, uchish vazni 120 gr.ni tashkil qilishiga qaramasdan, foto va videokamerasi bo‘lganligi sababli uchuvchisiz uchish apparatlari turkumiga kirishi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, fuqaro Xojimuhamedova Sanobar Tolibovnadan olingan uchuvchisiz uchish apparatiga Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 noyabrdagi 658-sonli qaroriga asosan olib kirish, sotish, sotib olish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma berilmaganligini ma’lum qilingan.

Holat yuzazidan 2022 yil 28 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2444-moddasi 1-qismi bilan 120004/2022-15PG-sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!