Navbatdagi Xalqaro maqom san’ati festivali Buxoroda o‘tkaziladi

Navbatdagi Xalqaro maqom san’ati festivali Buxoroda o‘tkaziladi

Bu haqda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning buxorolik saylovchilar bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.
–Buxoro – milliy san’atimiz va madaniyatimizning qadimiy markazlaridan biri. Maqom san’atining gultoji bo‘lmish “Shashmaqom”ning olamshumul shuhrat topishida ushbu zaminning hissasi beqiyosdir. Navbatdagi Xalqaro maqom san’ati festivalini Buxoroda o‘tkazsak, dunyo maqom ustalari shu yerda jamuljam bo‘lsa, bu albatta go‘zal va tarixiy anjuman bo‘ladi,– dedi Shavkat Mirziyoyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!