Navbatdagi jinoyat: 1,3 milliard kredit puli qayerga ketdi?

Navbatdagi jinoyat: 1,3 milliard kredit puli qayerga ketdi?

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan banklarning komplayens-nazorati tuzilmalari bilan hamkorlik doirasida pul mablag‘larining talon-toroj qilinishi bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan o‘z vaqtida qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, Sharof Rashidov tumanida ATB “Qishloqqurilishbank” Jizzax hududiy boshqarmasining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.D.” MCHJga bank filialidan g‘isht mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish uchun ajratilgan 1,3 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan boshqa korxonalariga o‘tkazib olish yo‘li bilan kredit mablag‘ini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Yoki, Muborak tumanidagi “V.L.” MCHJ norasmiy rahbari U.YA. ATB “Mikrokreditbank” Muborak filialidan garov ta’minoti sifatida ko‘rsatilgan texnikalarni 660 mln so‘mga qimmat baholatish orqali ishlab chiqarish dastgohlari va metall mahsulotlari sotib olish uchun ajratilgan 400 mln so‘m kredit mablag‘ini naqdlashtirib olib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!