"NATOning vovvullashi" Ukraina voqealariga olib keldi - Rim papasi

"NATOning vovvullashi" Ukraina voqealariga olib keldi - Rim papasi

Rim papasi Fransisk aytishiga ko‘ra, NATOning Rossiya chegaralari yaqinida "vovvulashi" Kremlni Ukrainada maxsus operasiya boshlashiga olib kelgan.

NATOning Rossiya chegaralari yaqinidagi harakatlari Ukrainada maxsus operasiya boshlanishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin, dedi Rim papasi Fransisk Italiyaning Corriere della Sera nashriga.
"Ehtimol, NATOning Rossiya chegaralari yaqinida vovvullashi Kremlning ana shunday reaksiyasiga olib kelgan. Uning jahlini aynan nima chiqarganini aytish qiyin, lekin bu ham sabablardan biri bo‘lgan bo‘lishi kerak", - dedi Fransisk.

Pontifik Ukrainaga qurol yetkazib berish to‘g‘rimi-yo‘qmi degan savolga javob berishga qiynaldi, lekin qurollanish poygasiga qarshi ekanini bildirdi.
"Urushlar biz ishlab chiqargan qurollarimizni sinovdan o‘tkazish uchun uyushtiriladi. Ispaniyadagi fuqaro urushi vaqtida ham shunday bo‘lgan, Suriya, Yaman, Iroq va Afrikada ham birin-ketin urushlar bo‘lmoqda. Ularning barchasining ortida xalqaro manfaatlar turibdi", - dedi Fransisk.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!