NATOning sobiq bosh kotibi Finlyandiya va Shvesiyaga maslahat berdi

NATOning sobiq bosh kotibi Finlyandiya va Shvesiyaga maslahat berdi

Alyansning sobiq bosh kotibi Anders Rasmussen intervyuda "Hozir, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bor e’tiborini Ukrainaga qaratgan bir paytda Finlyandiya va Shvesiya NATOga a’zo bo‘lishi kerak", degan fikr bildirdi.

Ikkala Skandinaviya davlati ham Rossiyaning Ukrainada yurish boshlashi ortidan NATOga qo‘shilish haqida o‘ylay boshladi. NATOga qo‘shilish, ko‘p yillik betaraflikdan so‘ng ikki davlatning Kreml bilan munosabatlarini tubdan o‘zgartiradi. Finlyandiya va Shvesiya yaqin kunlarda o‘z rejalarini e’lon qilishlari kerak.

"Finlyandiya va Shvesiyaga kelsak, menimcha, bu ikki davlat hozir qo‘shilish imkoniyatiga ega. Chunki Putin boshqa ishlar bilan band. Bu borada u hech narsa qila olmaydi", — dedi Rasmussen.

Rossiya Finlyandiya va Shvesiyani NATOga qo‘shilish oqibatlari haqida ogohlantirdi, aprel oyida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova: "Biz barcha ogohlantirishlarimizni ochiq va ikki tomonlama kanallar orqali aytdik. Ular bu haqda bilishadi", dedi.

Zaxarovadan oldin ham Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Shvesiya va Finlyandiya NATOga qo‘shilsa, Rossiya bilan alyansning quruqlikdagi chegaralari uzunligi ikki baravar ko‘payishini ta’kidlagan edi: “Tabiiyki, bu chegaralarni mustahkamlash kerak bo‘ladi. Quruqlikdagi kuchlar va havo mudofaasi guruhlanishini kuchaytirish, Finlyandiya ko‘rfazidagi suvlarda muhim dengiz kuchlarini joylashtirishga to‘g‘ri keladi".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!