NATOning bildirishicha, alyans davlatlarining muhim infratuzilmasiga qilingan har qanday hujumga javob beriladi

NATOning bildirishicha, alyans davlatlarining muhim infratuzilmasiga qilingan har qanday hujumga javob beriladi

NATOning ta’kidlashicha, alyans davlatlarining muhim infratuzilmasiga har qanday hujum kuchli javob bilan kechadi.

"Ittifoqchilarning muhim infratuzilmasiga ataylab qilingan har qanday hujum yagona va qat’iy javob oladi", deyiladi alyans " Shimoliy oqim" gaz quvurlaridagi hodisalar bilan bog‘liq bayonotda.

NATO, shuningdek, gaz sizib chiqishi sabotaj natijasida sodir bo‘lganini aytdi.

Rossiya Bosh prokuraturasi “Shimoliy oqim” quvuri shikastlangani uchun Rossiyaga katta zarar yetganini ma’lum qildi. Departament gaz quvurlaridagi avariyalardan keyin xalqaro terrorchilik akti bo‘yicha ish qo‘zg‘atgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!