NATO Seulni Ukrainadagi mojaroga tortish orqali global ta’sirga intiladi

NATO Seulni Ukrainadagi mojaroga tortish orqali global ta’sirga intiladi

NATO o‘zini mintaqaviy harbiy blokdan global harbiy blokga aylantirishga intilmoqda va shu maqsadda Janubiy Koreyani Rossiya-Ukraina mojarosiga tortishga harakat qilmoqda.

Global Times Xitoy nashri mualliflari quyidagicha fikrda.

“NATO Janubiy Koreyani Rossiya-Ukraina mojarosi tubiga chuqurroq tortmoqchi. Shimoliy Atlantika alyansi mintaqaviy tashkilotdan global tashkilotga aylanishga intilmoqda”, deyiladi materialda.

Qayd etilishicha, buning uchun AQSh boshchiligidagi Alyans Sharqiy Osiyodagi ittifoqchilar bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

"Alyans Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi asosiy yordam nuqtalari - Seul va Tokio bilan ishlash uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirmoqda", deb yozadi mualliflar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!