NATO Rossiya qo‘shinlarini kuzatish uchun yangi tizimdan foydalanadi

NATO Rossiya qo‘shinlarini kuzatish uchun yangi tizimdan foydalanadi


Rossiya qo‘shinlarining ehtimoliy harakatlanishini kuzatish va ma’lumotlarni NATO'ga uzatish bilan "Palantir" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan "Maven Smart System" tizimi shug‘ullanadi, deb yozmoqda "The Times" nashri.

Alyansning sharqiy qanoti bo‘ylab sodir bo‘layotgan voqealarni kuzatishdan tashqari, ushbu tizim blokning mudofaa rejalaridagi zaif nuqtalarni aniqlaydi va kuchlarning kelajakdagi joylashuvini belgilashda yordam beradi.

Nashr maqolasida qayd etilishicha, o‘tgan hafta NATO to‘liq texnik operativ tayyorgarlikka erishilganini e’lon qilgan, biroq press-relizda "Palantir" kompaniyasini tilga olmagan. Bunga alyansning ko‘plab a’zolari Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kompaniya texnologiyasiga qarab qolishga shubha bilan qarayotgani sabab bo‘lgan.

"Agar NATO urushga kirishgudek bo‘lsa, u urushga "Palantir" yordamida kiradi. Bu alyans tahdidlarining keng qamrovli razvedka manzarasi, shuningdek, alyans aktivlari va kuchlarining joylashuvidir. Agar siz nishonlarga zarba berishni boshlashingiz kerak bo‘lsa, butun ushbu jarayon "Palantir" ko‘magida ishga tushiriladi", — deydi "Palantir UK" bosh direktori Luis Mosli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi