NATO qiruvchi samolyoti Litva osmonida dronni urib tushirdi

NATO qiruvchi samolyoti Litva osmonida dronni urib tushirdi

Litvaning Kaunas okrugi ustida dron urib tushirildi.

Bu haqda Litva milliy radio va televideniyesi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Litva yong‘in va qutqaruv boshqarmasi dronning mamlakatga yarim tundan keyin kirib kelayotganini aniqlagan. Vilnyus, Trakay, Elektrenay va Kaunas tumanlari uchun sariq havo ogohlantirishi e’lon qilindi. Vilnyus aeroportidagi operasiyalar ham cheklandi.

Hodisaga javoban NATO havo polisiyasi qiruvchi samolyotlari havoga ko‘tarildi va yarim soatdan keyin dron yo‘q qilindi.

Dron ushlangandan so‘ng, ogohlantirish va fuqaro aviasiyasi uchun vaqtinchalik parvoz cheklovlari butunlay bekor qilindi. Litva milliy inqirozlarni boshqarish markazi radarlar ob’ektning Trakay yo‘nalishi bo‘yicha harakatini aniqlaganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!