NATO Yevropaning eng zaif joyi – Ruminiya qirg‘oqlarini mustahkamlashga intilmoqda

NATO Yevropaning eng zaif joyi – Ruminiya qirg‘oqlarini mustahkamlashga intilmoqda

Rossiya tahdidiga qarshi turish uchun NATO Yevropaning eng zaif joyi – Ruminiyaning Qora dengiz sohilidagi chegaralarini mustahkamlashga intilmoqda, deb yozadi Bloomberg.

Qayd etilishicha, ayni paytda Fransiya, Belgiya va Niderlandiyadan kelgan 200 ga yaqin alyans askarlari Ruminiya Transilvaniyasida muhandislik ishlari bilan faol shug‘ullanmoqda.

Materialda aytilishicha, Rossiyaning Ukrainada maxsus operasiyasi boshlanganidan keyin NATO davlatlari Yevropaning eng qashshoq mintaqalaridan birining bu qadar himoyasiz qolishiga yo‘l qo‘ymaslikka qat’iy qaror qilgan.

Stratforning xavfsizlik bo‘yicha tahlilchisi Metyu Orraga ko‘ra, Moskva Janubi-Sharqiy Yevropaga ustuvor ahamiyat beradi va u yerda kuchli harbiy mavjud bo‘lishni xohlaydi. Orraning qayd etishicha, NATO bunga javob berishi kerak.

Avvalroq, Qo‘shma Shtatlar "NATOning sharqiy qanotini himoya qilish" uchun Yevropa mamlakatlariga elita 101-havo-desant diviziyasini joylashtirishga qaror qilgani ma’lum bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!