NATO Bosh kotibi: Rossiyaning Ukraina bilan urushi yillar davom etishi mumkin

NATO Bosh kotibi: Rossiyaning Ukraina bilan urushi yillar davom etishi mumkin

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Germaniyaning Bild gazetasiga bergan intervyusida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi yillarga cho‘zilishi mumkinligini aytdi va Ukraina qo‘shinlarini zamonaviy qurollar bilan ta’minlash mamlakatning ozodlik imkoniyatlarini oshirishini qo‘shimcha qildi.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Sunday Times sahifalarida xuddi shunday bayonot bilan chiqdi.

"Bu yillarga cho‘zilishi mumkinligiga tayyor bo‘lishimiz kerak. Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmasligimiz kerak", - dedi Stoltenberg. "Agar xarajatlar katta bo‘lsa ham - nafaqat harbiy yordam uchun, balki energiya va oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi tufayli ham", deya qo‘shimcha qildi u (Reuters'dan iqtibos).

NATOning iyun oyi oxirida Madridda bo‘lib o‘tadigan sammitida Ukrainaga yordam paketi kelishib olinishi kutilmoqda, bu esa mamlakatga Sovet davridagi eski qurollardan NATO standartidagi jihozlarga o‘tishga yordam beradi, dedi Stoltenberg shu hafta boshida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!