NATO bosh kotibi: "Rossiya va Xitoy xavfsizlik hamda manfaatlarimiz uchun tahdid davlatlar"

NATO bosh kotibi: "Rossiya va Xitoy xavfsizlik hamda manfaatlarimiz uchun tahdid davlatlar"

NATO sammiti ishtirokchilari Rossiyani o‘z xavfsizligiga tahdid deb hisoblaydi va bu haqda keyingi yig‘ilishda e’lon qiladi. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg “Bild am Sonntag” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Agar dunyo o‘zgarsa, NATO ham o‘zgaradi, dunyo xavfliroq bo‘lib qoldi. Biz Rossiya endi sherik emas, balki xavfsizligimiz, tinchligimiz va barqarorligimizga tahdid ekanini e’lon qilamiz", deydi u.

Stoltenbergga ko‘ra, Xitoy ham yig‘ilishda tilga olindi.

“Chunki Xitoyning yuksalishi bizning manfaatlarimiz, qadriyatlarimiz va xavfsizligimizga tahdiddir", deya qo‘shimcha qilgan alyans Bosh kotibi.

Ma’lumot o‘rnida, NATO sammiti 28-30 iyun kunlari Madridda bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!