NATO Bosh kotibi Finlyandiya va Shvesiya xavfsizligini kafolatlaydi

NATO Bosh kotibi Finlyandiya va Shvesiya xavfsizligini kafolatlaydi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Shimoliy Atlantika alyansining ko‘plab davlatlari Finlyandiya va Shvesiya ittifoqqa a’zo bo‘lgunlaricha xavfsizligini kafolatlaganini aytdi.

“NATOning ko‘plab davlatlari allaqachon Shvesiya va Finlyandiya xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq majburiyatlarni o‘z zimmalariga olishgan”, — deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, alyans mintaqadagi ishtirokini, jumladan, ko‘proq mashg‘ulotlar orqali oshirgan.

NATO Bosh kotibi, shuningdek, NATO, Finlyandiya va Shvesiya qurolli kuchlari o‘nlab yillar davomida birga mashg‘ulot o‘tkazayotgani uchun "allaqachon to‘liq mos" ekanligini aytdi.

Blok shtab-kvartirasida NATO davlatlarining doimiy vakillari Finlyandiya va Shvesiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi protokollarni imzoladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!