Nargiz Zokirova Moskvada hibsga olindi
Ma’lumotlarga ko‘ra, Nargiz Zokirova seshanba kuni Toshkentdan qaytganidan keyin Moskvaning Domodedovo aeroportida hibsga olingan. U AQShga deportasiya qilinishi yoki Toshkentga qaytarilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, qo‘shiqchi taxminan bir oy oldin Rossiyani tark etgan va ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta bahsli postlar yozgandi.
Deportasiyaga qo‘shiqchining Ukrainadagi Rossiya harbiy amaliyotini qoralashi va bu hodisaga salbiy munosabati sabab bo‘lishi mumkin.
U bilan hamkorlik qiluvchi Viktor Drobishning prodyuserlik markazi Nargiz Zokirovaning hibsga olinishiga izoh berishdan bosh tortdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)