Napoleon vafot etgan xonaning kaliti 112 ming dollarga sotildi

Napoleon vafot etgan xonaning kaliti 112 ming dollarga sotildi

Fransiya imperatori Napoleon Bonapart surgunda Avliyo Yelena shahrida vafot etgan xonaning kaliti “Sotheby's”da deyarli 112 ming dollarga sotildi, deb xabar berdi kimoshdi savdosi uyi veb-sayti.

Ta’kidlanishicha, kalit bilan birga: “Napoleon vafot etgan Longvuddagi xonaning kaliti va men shaxsan uni qulfdan olib chiqqanman. CH.R. Foks, Avliyo Yelena, 1822 yil 6 sentyabr", deb yozilgan kichik maktub ham sotilgan.

Ushbu kalit Shotlandiyadagi uylardan biridagi jamadondan topilgan. Britaniya ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, kalit egasi bo‘lgan oila uning mavjudligini bilgan, ammo topa olmagan.

Avvalroq kalitning egasi Napoleonning muxlisi, ingliz harbiy xizmatchisi Charlz Richard Foksning onasi bo‘gan. Aynan u Shotlandiyaga kalitni olib kelib, onasiga sovg‘a qilgan.

Ma’lum qilinishicha, dastlabki bahosi 4-7 ming dollarni tashkil etgan kalit deyarli 16 baravar qimmatroq sotilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!