Namibiya Germaniyadan ommaviy qatl uchun tovon talab qilmoqda

Namibiya Germaniyadan ommaviy qatl uchun tovon talab qilmoqda

Namibiya Germaniyadan genosid uchun tovon puli talab qilmoqda, ammo Berlin hali uning miqdori to‘g‘risida qaror qabul qilmagan. 

Gap Namibiya Germaniyaning mustamlakasi bo‘lgan vaqtdagi voqealar haqida ketmoqda. U paytda nemislar ko‘pincha mahalliy aholini o‘ldirgan yoki ularni konslagerlarga haydagan. Berlin olti yil oldin voqeani genosid deb tan olgan, ammo tovon puli to‘lamagan.

1904–1908 yillarda, zamonaviy Namibiya hududi Germaniyaning Janubi-G‘arbiy Afrikasi tomonidan ishg‘ol qilinganida, Germaniya ekspedisiya kuchi Afrika qabilalarining qo‘zg‘olonini bostirdi. Keyin ular mamlakat aholisining aksariyat qismini tashkil qildi. Nemis hukumati tirik qolganlarni sahroga "haydab yubordi" – ko‘pchilik u yerda ochlikdan o‘lgan yoki konsentrasion lagerlarga jo‘natilgan. Tarixchilarning fikriga ko‘ra, Herero qabilasining 65 dan 80 minggacha vakili va Nama qabilasining 20 mingga yaqin vakili vafot etgan.

Afrikaliklar, Germaniya tomoni nafaqat hukumat bilan, balki qabila rahbarlari bilan ham muzokara o‘tkazishi kerak, deb hisoblashadi. Namibiya qabilalarining ayrim vakillari mamlakat hukumati o‘z loyihalariga homiylik qilish uchun kompensasiya to‘lovlarini "qo‘llariga olmoqchi" deb hisoblashadi.

Germaniya rasmiylari ortiqcha izoh bermayapti. Ma’lumot uchun, sobiq mustamlakachilarning birortasi ham bir asr avvalgi voqealar yuzasidan sobiq mustamlaka bilan muzokaralarga kirishmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!