Namangandagi xonadonlarda birida tibbiyot vositalarini qo‘l bola tarzda ishlab chiqarayotgan yashirin seh aniqlandi

Namangandagi xonadonlarda birida tibbiyot vositalarini qo‘l bola tarzda ishlab chiqarayotgan yashirin seh aniqlandi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxsning xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Qarang-ki bu yerda yashirin sex tashkil etilib, "Shifo oil" savdo belgisi ostida tibbiyot vositalari, ya’ni turli xil o‘simlik yog‘larini sanitariya va tibbiy vositalarni ishlab chiqarish qoidalariga zid ravishda qo‘lbola tarzda tayyorlangan va so‘ngra idishlarga qadoqlab kelingan.

Tezkor tadbir davomida sehda 16 turdagi jami 28 690 dona flakonlarda tayyor va 810 dona flakonlarda yarim tayyor zaytun, bodom, g‘oz, kokos, sedana kabi turli xil o‘simlik yog‘lari borligi aniqlandi.

Shuningdek, xonadondagi quyish va qadoqlash uskunalari, 13 000 dona bo‘sh flakonlar, 13 000 dona qopqoq, 200 000 dona etiketka va kichik qutilar, 2800 dona bo‘sh qog‘oz qutilar, shuningdek yelim idishlarda jami 320 litr noma’lum suyuqliklar ham hozirda vaqtincha saqlovga olindi.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!