Namangandagi mashina firibgarlari: "Namangan ichki ishlari mening qo‘limda, xohlagan joyingga boraver"

Namangandagi mashina firibgarlari: "Namangan ichki ishlari mening qo‘limda, xohlagan joyingga boraver"

Ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan ichki ishlari meni qo‘limda, qayerga borsang boraver!” – Namanganda mashina “firibgar”lari” nomli xabar tarqaldi. Namangan viloyati IIB esa bu borada rasmiy munosabat bildirdi.

"To‘plangan hujjatlarga ko‘ra, Namangan viloyati, Yangi Namangan tumanida yashovchi fuqaro D.SH. “X” va “D” ismli tanishlari bilan birgalikda 2021 yil fevral oyida yashash uyini oldida Namangan shahrida yashovchi tanishi A.X.ga "Spark" rusumli avtomashinasini 4000 AQSh dollariga sotib, pullarini olib, uni nomiga o‘tkazib bera olmaganidan so‘ng unga "Neksiya-3" rusumli avtomashinani sotib olishni, "Spark" rusumli avtomashinasini qaytarib, ustiga pul berishini aytib u bilan 8200 AQSh dollariga kelishib, 3900 AQSh dollari pullarini olib, avtomashinani o‘tkazib bermaganligi sababli uni egalari olib ketganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, u fuqaro M.U.dan 2021 yil mart oyida pulini keyinroq berish sharti bilan 30 tonna sement mahsulotini 23.400.000 so‘mga sotib olib, aytilgan vaqtda pullarni bermaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 23.09.2021 yilda Yangi Namangan tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro D.SH.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi 01.10.2021 yil kuni Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan ish yurituviga olingan.

Dastlabki olib borilgan tergov harakatlari davomida D.SH. tomonidan A.X. va M.U.larga 301.0 mln so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilganligi inobatga olinib, 14.10.2021 yil kuni jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb yetilib, himoyachi ishtirokida himoya huquqlari ta’minlangan va JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha yetkazilgan zarar gumonlanuvchi D.SH. yaqinlari tomonidan to‘liq IIB MTB hisob raqamiga to‘liq o‘tkazib berilganidan so‘ng, 16.10.2021 yilda qamoqqa olish haqidagi ehtiyot chorasi garov ehtiyot chorasiga almashtirilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha yakunlovchi tergov harakatlari olib borilmoqda".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!