Namangandagi maktab va mahalla arig‘ida nega har kuni qonli suv oqayotganiga izoh berildi

Namangandagi maktab va mahalla arig‘ida nega har kuni qonli suv oqayotganiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda maktab va mahalla arig‘ida har kuni qonli suv oqayotgani aytilgan video va fotolar tarqaldi.

Holat bo‘yicha Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumot taqdim etdi.

Ma’lum qilinishicha, xabarga asosan Namangan shaxar Ichki ishlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan voqea joyi, ya’ni "Yangi Namangan" tumani, "Ishonch" Maxalla fuqarolar yig‘ini, G‘azina ko‘chasi o‘rganilganda, shu ko‘chada joylashgan kushxonadan chiqqan chiqindi suv kanalizasiya tarmog‘idan toshib ko‘chadagi ariqga qo‘yilayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan xolatni bartaraf etish yuzasidan ishlar tashkillashtirildi.

"Hurmatli fuqarolar murojaat yuzasidan yuqoridagi xolatni to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng, qo‘shimcha ma’lumot taqdim etamiz", - deyiladi xabardi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!