Namangandagi kanaldan 10 yoshli bolaning jasadi topildi

Namangandagi kanaldan 10 yoshli bolaning jasadi topildi

26 avgust kuni Mingbuloqdan oqib o‘tuvchi Oxunboboyev kanaliga cho‘milish uchun kelgan Namangan viloyati Gurtepa qishlog‘ida yashovchi 10 yoshli o‘g‘il bolaning kanalga cho‘kib ketganligi haqida xabar tarqaldi.

Uning ota-onalari qidirib yurgan pallada bobosi bolaning qirg‘oqda qoldirgan kiyimlarini topib oladi va voqea xususida favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat qilishadi.

Erta tongdan boshlangan qidiruv tadbirlariga boshqarmaning operativ otryadi g‘avvoslari hamda yong‘indan qutqaruvchilaridan iborat kuchlari jalb etilib, kanalning 30 kilometr uzunlikdagi qismida tezkor ish tashkil etiladi. Bu orada kanalning suv kamaytirilib, qutqaruv ishlariga mahalliy aholi tomonidan 100 nafarga yaqin ko‘ngillilar ham qo‘shiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!