Namangandagi bolalar kutubxonasiga O‘zbekistonning eng birinchi xalq shoiri nomi beriladi - Shavkat Mirziyoyev

Namangandagi bolalar kutubxonasiga O‘zbekistonning eng birinchi xalq shoiri nomi beriladi - Shavkat Mirziyoyev

Namangan viloyat bolalar kutubxonasiga O‘zbekistonning eng birinchi xalq shoiri - jadid Muhammad Sharif So‘fizoda nomi beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Bu taraqqiyparvar inson 1913 yili Chust shahrida yetim bolalar uchun jadid usulida maktab tashkil qiladi. Zulm va zo‘ravonlik, jaholatga qarshi she’rlar yozgani uchun quvg‘in va ta’qiblarga uchrab, ona yurtidan bosh olib ketishga majbur bo‘ladi.

U Hindistonda muallim, Afg‘onistonda maorif vazirining o‘rinbosari vazifalarida ishlaydi.

So‘ng, Turkistonga qaytib, millatimizning ko‘zini ochish, yoshlarni ilm-ma’rifatdan bahramand qilish yo‘lidagi ishlarini davom ettirgan.

Afsuski, So‘fizoda 1937 yili “xalq dushmani” degan tuhmat bilan 57 yoshida otib tashlangan...


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!