Namangandagi ayrim maktablarda o‘qish onlayn tarzda davom ettiriladi

Namangandagi ayrim maktablarda o‘qish onlayn tarzda davom ettiriladi

Namangan viloyat hokimligining 2023 yil 16 yanvardagi 01/10-248-sonli yig‘ilish bayoni, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2023 yil 16 yanvardagi 14-sonli buyrug‘iga asosan III chorakdagi o‘quv jarayoni sovuq ob-havo sababli joriy yilning 23 yanvar kunidan boshlanishi belgilangan.

2023 yil 23 yanvar kuni viloyatimizdagi 710 ta umumta’lim maktablaridan 692 ta umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonlari to‘liq boshlanadi.

Qolgan 18 ta umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonlari isitish tizimida ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanguncha masofaviy tarzda o‘qitiladi.

Masofaviy o‘qitiladigan maktablar:

Namangan shahar 1, 7, 50, Mingbuloq tuman 4, 25, Pop tuman 1, Norin tuman 1, Chust tuman 74, Chortoq tuman 16, 49, Yangiqo‘rg‘on tuman 9, 10, 15, 42, 43-maktablar;

Chust tuman 42-sonli, Uchqo‘rg‘on tuman 46-sonli va Norin tuman 47-sonli maxsus maktab-internatlari.

Viloyatimizning shahar va tumanlarini bog‘lovchi marshrutli avtobuslarni metan gaz yoqilg‘isi bilan to‘ldirish uchun alohida AGNKSlarda sharoitlar yaratildi va hozirda gaz to‘ldirish ishlari olib borilmoqda.

«Qo‘qon-Andijon» shaharlararo yo‘lovchi poyezdiga yana 3 ta vagon qo‘shib berildi. Pop tumani hududida yo‘lovchi poyezdi «Yakkatut» to‘xtash punkti, «Pop-1» va «Pop-2» stansiyalari hamda «Sang» to‘xtash punktlarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Barcha punkt va stansiyalarda yo‘lovchilar uchun zarur sharoitlar yaratildi. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha sotuvda biletlar mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!