Namanganda yuz bergan kuchli yong‘in bartaraf etildi

Namanganda yuz bergan kuchli yong‘in bartaraf etildi

Namangan shahridagi Furqat mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Islom Karimov ko‘chasida joylashgan “Xalqaro oltin meros xayriya fondi” Namangan viloyati bo‘limiga qarashli “Oltin meros gurung markazi”da kuchli yong‘in sodir bo‘ldi.
2021 yil 12 sentyabr kuni soat 15:49 da yuz bergan baxtsiz hodisadan xabar topgan Namangan shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limining yong‘in qutqaruv ekipaji zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi.Yong‘in natijasida markazning shift va tom qismidan 235 kv. metr joyi va xona jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in qutqaruvchilar tomonidan shu kunning o‘zida qisqa fursat ichida o‘chirildi. Qayd etish kerakki, olib borilgan tezkor harakat natijasida majmuaning 350 kv.metr joyi saqlab qolindi. Mazkur hodisa sababli talabalarda kuyish tan jarohati yoki biror jiddiy talofat olish holatlari kuzatilmagan.

“Oltin meros gurung markazi”da yuz bergan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in, chaqnash, is gazidan zaharlanish kabi holatlardan ehtiyot bo‘lish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish hamda yo‘llarda harakatlanayotgan paytda yong‘in-qutqaruv maxsus avtomashinalari harakatiga halal bermaslikka chorlab qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!