Namanganda o‘zaro janjal og‘ir jarohat bilan yakunlandi

Namanganda o‘zaro janjal og‘ir jarohat bilan yakunlandi

2021 yil 29 may kuni soat 23:30 larda, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro To‘raqo‘rg‘on tumani hududida, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro janjallashib, «Nega sen meni onamdan so‘kyapsan»-deb, bosh qismiga boshi bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada, fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Sud tibbiy ekspertizasining 2021 yil 14 iyun kungi dastlabki ma’lumotnomasida fuqaroning bosh miya yopiq shikasti, bosh miya og‘ir darajali lat yeyishi, chap chakka suyagini asosga o‘tib sinishi, bosh miya chap yarim sharlarida qon quyilishi, chap tepa peshona bo‘laklarini gemorragik tipda lat yeyishi kabi tan jarohatlari borligi, og‘irlik darajasiga ko‘ra hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati guruhiga kirishi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 14 iyun kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!