Namanganda tibbiyotni yaxshilash uchun 5 ta oilaviy poliklinika faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Namanganda tibbiyotni yaxshilash uchun 5 ta oilaviy poliklinika faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

- Kelgusi ikki yilda 17 ta mahallada oilaviy shifokorlik punktlari hamda Namangan shahrida 5 ta oilaviy poliklinika faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

- Qon bosimi va onkologik kasalliklarini davolash uchun, aholiga eng zarur dori vositalari bepul yetkaziladi.

- Buyrak kasalliklarini erta aniqlash maqsadida, barcha birlamchi tibbiyot muassasalari ekspress-test vositalari bilan ta’minlanadi.

- Onkologik kasalliklarni erta aniqlash uchun, 45 yoshdan oshgan 210 ming ayol har yili skrining tekshiruvidan o‘tkaziladi.

- Uychi, Yangiqo‘rg‘on va Chustda 3 ta tumanlararo perinatal markazlar tashkil qilinadi.

- Uchqo‘rg‘on va Popda 2 ta o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ularda gemodializ xizmati ham ko‘rsatiladi.

Shuningdek, har yili 430 ming nafar bolalar va homilador ayollar vitaminlar bilan bepul ta’minlanadi.

- Kosonsoy, Norin, Pop, Uchqo‘rg‘on, Chust, To‘raqo‘rg‘on, Mingbuloq, Yangiqo‘rg‘on va Chortoqda urologiya va endokrinologiya yo‘nalishlari bo‘yicha; Uchqo‘rg‘on, Norin, Chortoq, To‘raqo‘rg‘on, Namangan, Mingbuloq, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoyda nevrologiya va endokrinologiya yo‘nalishlari bo‘yicha Respublika ixtisoslashgan markazlar viloyat filiallarining tumanlararo bo‘limlari tashkil qilinadi.

- Yangiqo‘rg‘on, Davlatobod tumanlari tibbiyot birlashmalari laparoskopik uskunalar bilan ta’minlanib, kaminvaziv operasiyalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.

- Aholiga yuqori texnologik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lami kengaytiriladi.

- 350 nafar tug‘ma yurak nuqsoni bor bolalar yuqori texnologik operasiyaga muhtoj. Ularni bepul davolash yo‘lga qo‘yilib, bunga 14 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

-Yuqori texnologik, murakkab jarrohlik operasiyalar ko‘lamini kengaytirish uchun Kardiologiya markazining Namangan filiali 9 million yevrolik tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanadi.

- Travmatologiya va ortopediya markazining Namangan filialiga yangi bino ajratiladi va moddiy texnik-bazasini yaxshilashga 21 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

- Namangan shahrida xalqaro universitet va zamonaviy klinikadan iborat Tibbiyot klasteri tashkil etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!