Namanganda teplovoz relsda uxlab yotgan fuqaroni bosib ketdi

Namanganda teplovoz relsda uxlab yotgan fuqaroni bosib ketdi

Joriy yil 22 iyul. kuni soat 23:55larda Namangan viloyati Chortoq tumani Navbahor mahallasi hududidan o‘tuvchi Chortoq – Uychi temir yo‘l oralig‘ining 111-kilometri 8-bekatida Qo‘qon lokomativ deposi Andijon filialiga qarashli teplovoz harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda temir yo‘l izida uxlab yotgan fuqaroni ko‘rgan mashinist signal orqali uni uyg‘otishga va poyezdni to‘xtatishga harakat qilgan. Biroq, afsuski, shovqindan fuqaro uyg‘onmagan. Poyezd ham to‘xtashga kechikkan.

Oqibatda baxtsiz hodisa ro‘y bergan.

Hodisa natijasida og‘ir tan jarohati olgan 4 nafar farzandning otasi 57 yoshli fuqaro ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, joriy yil 27 iyul kuni Chortoq tumani shifoxonasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!