Namanganda sudyalar va MIB xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

Namanganda sudyalar va MIB xodimlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 23 iyun kuni Namangan viloyat ma’muriy sudi raisi S. Tursunov, sudyalar D. Tojiboyev, A. Nazrullayev, O. Turdiyev va O. Ziyovitdinovlar tomonidan Majburiy ijro byurosi Chust tuman bo‘limi xodimlari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Muloqot davomida O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 iyundagi “Er munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazilib, mazmun mohiyati tushuntirildi.

O‘tkazilgan davra suhbati davomida, bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan savollar berildi va ma’ruzachilar tomonidan tomonidan tegishli amaliy tavsiyalar bildirildi.

Doniyor Tojiboyev,

Namangan viloyat ma’muriy sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!