Namanganda shifokorni nega kaltaklashgani ma’lum bo‘ldi

Namanganda shifokorni nega kaltaklashgani ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan Namangan shahridagi 10-oilaviy poliklinikada fuqaro shifokorni ayamasdan tagiga bosib olib do‘pposlayotganligi aytilayotgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot.

Holat bo‘yicha 2021 yil 28 iyul kuni Namangan shahar IIO FMB 2-son IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabar asosida IIB xodimlari tomonidan voqea joyiga borilib tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilganda Namangan shahar Yangiqurilish MFYda joylashgan 10-sonli oila poliklinikada shifokor bo‘lib ishlovchi, 1994 yilda tug‘ilgan N.K.ni oldiga Namangan shahrida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan B.N. akasi 1996 yilda tug‘ilgan G.N.ni sog‘lig‘i yaxshi emasligi va tana harorati ko‘tarilib ketganligidan shikoyat qilib tibbiy yordam so‘rab kelganligi N.K. tibbiy ko‘rikni o‘tkazib tana harorati ko‘tarilmaganligini aytganida, B.N. noto‘g‘ri tashxis qo‘yyapsan deb janjal ko‘tarib shifokor bilan mushtlashib ketgani, oqibatda shifokor yuz, bosh va qo‘l qismidan jarohat olganligi aniqlangan.

Shifokorni olgan tan jarohati bo‘yicha tayinlangan sudga oid ekspertiza hulosaga ko‘ra, shifokor bosh miya yopiq shikasti, bosh miya chayqalishi, o‘ng qo‘l tirsak sohasi shilingan jarohati, peshona, o‘ng chakka, o‘ng ko‘z yuqori qovoq sohasi qontalash jarohatlari borligi ushbu jarohat tibbiy mezonga ko‘ra og‘irlik darajasi bo‘yicha sog‘lig‘ini buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil tan jarohati ekanligi aniqlangan.

Yuqoridagi holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!