Namanganda piyoda Damas urib ketishi oqibatida vafot etdi

Namanganda piyoda Damas urib ketishi oqibatida vafot etdi

Namangan viloyati Pop tumanida Damas piyodani urib ketdi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 2021 yil 19 noyabr kuni soat 23:30 larda, Pop–Navbahor yo‘lining 34-kilometrida, «Yangi Xo‘jaobod» MFY hududida, Pop tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro Damas avtomashinani boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Pop tumanida yashagan, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2021 yil 20 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transportdan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!