Namanganda onasidan so‘kkani uchun erkakning chakka suyagini sindirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Namanganda onasidan so‘kkani uchun erkakning chakka suyagini sindirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

29 may kuni soat 23:30 larda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida ikki fuqaro o‘rtasida yuzaga kelgan janjal oqibatida ulardan biri jiddiy jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro To‘raqo‘rg‘on tumani hududida 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro bilan o‘zaro janjallashib, «Nega sen meni onamdan so‘kyapsan?», deb uning bosh qismiga boshi bilan urgan.

Oqibatda fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Sud tibbiy ekspertizasining 14 iyun kungi dastlabki ma’lumotnomasida fuqaroning bosh miya yopiq shikasti, bosh miya og‘ir darajali lat yeyishi, chap chakka suyagini asosga o‘tib sinishi, bosh miya chap yarim sharlarida qon quyilishi, chap tepa peshona bo‘laklarini gemorragik tipda lat yeyishi kabi tan jarohatlari borligi, og‘irlik darajasiga ko‘ra hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati guruhiga kirishi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 14 iyun kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!