Namanganda mudhish voqea: qurbonlar ko‘p

Namanganda mudhish voqea: qurbonlar ko‘p

Namangan. 2020 yilning 04 iyun kuni soat 05:00 da 63 yoshli A.R., boshqaruvida bo‘lgan “Sams” rusumli yuk avtomashinani Pop tumani “Ko‘shminor” MFY hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Osh” avtomobil yo‘lining 227 kilometrida boshqarib ketayotganida, tormoz tizimi ishlamay qolishi natijasida harakat xavfsizligini ta’minlay olmasdan, shu yo‘nalish bo‘yicha yo‘lning chetida to‘xtab turgan 26 yoshli A.G‘., ning boshqaruvida bo‘lgan “Isuzu” yuk avtomashinaga va 26 yoshli N.R., ning boshqaruvida bo‘lgan ikkinchi “Isuzu” yuk avtomashinaning orqa qismiga urilib, ag‘darilgan xamda “Sams” yuk avtoavtomashinaning kabina qismida yong‘in yuzaga kelgan.

Natijada “Sams” yuk mashina haydovchisi A.R. va “Isuzu” yuk avtomashinadan birining haydovchisi A.G‘., lar hodisa joyida vafot etganlar, ikkinchi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinaning haydovchisi N.R., shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!