Namanganda milisiya xodimlari kimning qo‘lini qayirib olib ketgan edi?

Namanganda milisiya xodimlari kimning qo‘lini qayirib olib ketgan edi?

15 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Namanganda tadbirkorning qo‘lini qayirib, tepib, mashinaga solishdi” nomi ostida xabar tarqaldi. “Zamon.uz” mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB matbuot xizmati bilan bog‘landi.

Aytilishicha, milisiya xodimlari tomonidan qo‘lini qayirib, majburan mashinaga o‘tqazilayotgan odam aslida tadbirkor emas, balki qurilish ishchisi bo‘lgan. Tadbirkor tomonidan qurilayotgan ob’ekt noqonuniy ekanligi aniqlanib, hokimlik vakillari tomonidan voqea joyiga qurilishni to‘xtatish uchun chiqilgan.

Biroq, qurilish ishchisi bunga qarshilik ko‘rsatib, janjal ko‘targan. Natijada hokimlik vakilini urib, qo‘lini sindirgan. Ishchini tinchlantirish maqsadida IIB xodimlarini chaqirishgan. Qurilish ishchisi qarshilik ko‘rsatishiga qaramay mashinaga solib olib ketilgan. Hozirda surishtirish ishlari olib borilyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!